Bosh hisobchi | Главный бухгалтер

ЧП IFOR TOYS · Ташкент

от 7 000 000 до 10 000 000 UZS до вычета НДФЛ

  • От 1 года до 3 лет
  • Полная
  • На месте работодателя

Описание вакансии

1. Lavozim haqida umumiy ma’lumotlar.

1.1. Shtat ma’lumotlari:

a) lavozim nomi – Hisob-kitob bo‘limi mudiri (bundan keyin matnda bo‘lim mudiri);

b) bo‘lim – Hisob-kitob bo‘limi;

c) kimga bo‘ysunadi – Moliya va iqtisod departamenti direktori;

d) kimlar unga bo‘ysunadi – Bo‘limga qarashli barcha hisob-kitob xodimlari;

e) lavozim maqsadi – kompaniya hamda brend nomi ostida faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning buxgalteriya hisobi, hisob-kitob, to‘lov, ish haqi, majburiy to‘lovlar va boshqa moliyaviy hisob jarayonlarini qonunchilik hamda kompaniyaning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq to‘g‘ri, o‘z vaqtida va samarali tashkil etish hamda nazorat qilish.

1.2. Ish faoliyati:

a) ish joyi – Shartnomaga ko‘ra;

b) ish vaqti tartibi – Shartnomaga ko‘ra;

c) ish kiyimi – klassik.

1.3. Umumiy vazifalar:

a) bo‘lim faoliyatini boshqarish, tashkil etish va muvofiqlashtirish;

b) kompaniyalarning buxgalteriya hisobi va hisob-kitob jarayonlarini belgilangan tartibda yuritilishini ta’minlash;

c) xo‘jalik va moliyaviy operatsiyalarning buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida, to‘g‘ri va to‘liq aks ettirilishini nazorat qilish;

d) ish haqi, mukofot, ta’til puli, xizmat safari va boshqa ishchilar bilan hisob-kitoblarning to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlash;

e) yetkazib beruvchilar, pudratchilar, xaridorlar va boshqa kontragentlar bilan hisob-kitoblarning yuritilishini nazorat qilish;

f) bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni nazorat qilish hamda to‘lov hujjatlarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlash;

g) soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;

h) debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari holatini nazorat qilish hamda ularni kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish;

i) buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarning belgilangan muddatlarda va to‘g‘ri shakllantirilishini ta’minlash;

j) inventarizatsiya, o‘zaro hisob-kitoblarni solishtirish va boshqa nazorat tadbirlarini tashkil etish;

k) rahbariyatga bo‘lim faoliyati, hisob-kitoblar va moliyaviy holat bo‘yicha zarur ma’lumot va hisobotlarni taqdim etish.

1.4. Talab etilgan ma’lumot:

a) oliy ma’lumot (moliya, iqtisod yoki buxgalteriya yo‘nalishi bo‘yicha);

b) buxgalteriya hisobi bo‘yicha professional sertifikatlar mavjudligi (afzal);

c) 1C va boshqa buxgalteriya dasturlari bo‘yicha maxsus tayyorgarlik yoki malaka (afzal).

1.5. Ish tajribasi:

a) buxgalteriya yoki moliya sohasida kamida 3–5 yillik ish tajribasi;

b) boshqaruv lavozimida yoki bosh hisobchi sifatida ish tajribasi;

c) bir nechta filial yoki tarmoq bilan ishlash tajribasi (afzal).

1.6. Bilimlar:

a) buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot yuritish asoslari;

b) O‘zbekiston Respublikasining soliq va mehnat qonunchiligi;

c) buxgalteriya hisobi bo‘yicha qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar;

d) ish haqi va xodimlar bilan hisob-kitoblarni yuritish tartibi;

e) xalqaro bank operatsiyalari va naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;

f) debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari bilan ishlash tartibi;

g) inventarizatsiya va o‘zaro hisob-kitoblarni solishtirish tartibi;

h) moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash tartibi;

i) ichki nazorat va audit tamoyillari;

j) o‘zbek tilini (og‘zaki va yozma tarzda) mukammal bilishi (rus yoki ingliz tilini bilishi afzal);

k) MS Office (Word, Excel), Google Drive, 1C va boshqa raqamli vositalarni bilish.

1.7. Ko‘nikmalar:

a) moliyaviy tahlil va hisobot tayyorlash;

b) KPI asosida ishlash;

c) hisobot tayyorlash;

d) kuchli strategik fikrlash va tizimli boshqaruv ko‘nikmalari;

e) jamoa bilan ishlash, liderlik va kommunikatsiya qobiliyati.

1.8. Shaxsiy sifatlar:

a) liderlik qobiliyati;

b) mas’uliyatlilik;

c) tizimli fikrlash;

d) adolatli baholash;

e) natijaga yo‘naltirilganlik;

f) stressga chidamlilik.

1.9. Lavozim imkoniyatlari:

a) raqobatbardosh ish haqi;

b) rasmiy mehnat faoliyati;

c) kasbiy va karyera o‘sishi imkoniyati;

d) zamonaviy va qulay ish muhiti;

e) trening va rivojlanish dasturlari;

f) do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa.

Agar e’lonni oxirigacha o‘qigan bo‘lsangiz, demak siz diqqat-e’tiborli mutaxassis ekansiz, bizga murojaat qilayotganingizdan mamnunmiz. Iltimos, murojaatingizda “tanishib chiqdim” kalit so‘zini yozib qoldiring!

Ключевые навыки

  • 1С: Бухгалтерия
  • Бухгалтерская отчетность
  • Финансовый анализ
  • 1С: Зарплата и кадры
  • Налоговая отчетность

Похожие вакансии

Главный бухгалтер

до 8 000 000 UZS на руки
MIKROKREDIT TASHKILOTI ELIT MICROFINANS · Ташкент
От 1 года до 3 летПолнаяНа месте работодателя12 октября 2026

Главный бухгалтер

от 15 000 000 до 25 000 000 UZS до вычета НДФЛ
ООО SLEEP MARKET · Ташкент
От 3 до 6 летПолнаяНа месте работодателя12 октября 2026